Bolalar uchun Qur’on ta’limi

Har bir harf — nurli yo‘lning boshlanishi

Qurro Kids — 4–12 yoshli bolalar uchun arab harflari, fonetika va tajvid asoslarini 0 dan o‘rgatuvchi 2 oylik tizimli dastur.

Kurs dasturini ko‘rish

Bolaga mos ta’lim
yosh, til va bosqich hisobga olinadi

QURRO KIDS•••
Qurro Kids Birinchi Muallim dars kitobi muqovasi
84 sahifaDars kitobi
Dars + mashqBitta tizimda
4–12yosh
2 oybirinchi bosqich
4 tilta’lim imkoniyati
0 danboshlash mumkin
Birinchi bosqich

Ikki oyda nimalarni o‘rganamiz?

Murakkab mavzular kichik, tushunarli va bolaga qiziq bo‘lgan qadamlarga bo‘lingan.

01

Arab harflari

Harflarni shakli, nomi va to‘g‘ri maxraji bilan 0 dan o‘rganamiz.

02

Fonetika

Har bir tovushni eshitish, farqlash va ravon talaffuz qilishni mashq qilamiz.

03

Tajvid asoslari

Qur’on tilovatiga kerak bo‘ladigan asosiy qoidalarni bolalar tilida tushuntiramiz.

Qurro Kids usuli

Kitob, ustoz va mashq — bitta yo‘lda

Dars kitobi mavzuni tushuntiradi, ustoz to‘g‘ri talaffuzni ko‘rsatadi, uyga vazifa esa bilimni mustahkamlaydi.

Ko‘ramiz va eshitamizHarfni taniymiz, maxrajini ustoz bilan takrorlaymiz.

Mashq qilamizDars va uyga vazifa kitoblari bilan mustahkamlaymiz.

Keyingi bosqichga o‘tamizQur’on yodlash va ijoza yo‘nalishiga tayyorlanamiz.

Bolaning ta’lim yo‘li
01
Harf va tovushTo‘g‘ri poydevor
02
So‘z va o‘qishRavonlik sari
03
Tajvid asoslariChiroyli tilovat
04
Qur’on va ijozaKeyingi bosqich
Bola tushungan tilda

To‘rt tilda bitta sifatli dastur

Chet elda yashayotgan musulmon oilalari uchun ham qulay: bola o‘ziga yaqin tilda bilim oladi.

UZ
O‘zbekAssalomu alaykum
RU
РусскийДобро пожаловать
KG
КыргызчаКош келиңиз
EN
EnglishWelcome
Kimlar uchun?

Qur’on bilan ilk tanishuv uchun

Endi boshlayotganlar

Arab harflarini bilmasa ham, 0 dan boshlab ketadi.

Musofirdagi oilalar

Farzandiga tizimli diniy ta’lim izlayotgan ota-onalar uchun.

Bolaga mos yondashuv

4–12 yoshga tushunarli til, ko‘rgazmali kitob va muntazam mashq.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Sizda ham savol bormi?

Sinov versiyasidagi asosiy savollarni shu yerga jamladik. Keyinroq aloqa va to‘lov ma’lumotlari ham qo‘shiladi.

Kurs necha yoshli bolalar uchun?

Qurro Kids dasturi 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Oldindan arab harflarini bilish kerakmi?

Yo‘q. Dastur harflarni umuman bilmaydigan bola ham 0 dan boshlashi uchun tuzilgan.

Birinchi bosqich qancha davom etadi?

Boshlang‘ich bosqich 2 oy davom etadi. Unda arab harflari, fonetika va tajvid asoslari o‘rganiladi.

Darslar qaysi tillarda bo‘ladi?

Dastur o‘zbek, rus, qirg‘iz va ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan.

Keyingi bosqichda nima bo‘ladi?

Birinchi bosqichdan keyin Qur’on yodlash va rasmiy ijoza yo‘nalishlariga davom etish imkoniyati bo‘ladi.

Bismillah, birga boshlaymiz

Farzandingizning Qur’on sari ilk qadamiga yordam bering

Sinov darsi orqali dastur bilan yaqindan tanishing.